Manzil koloniyadan qochgan pedofil 3-sinf qizni zo‘rladi
3-sahifa
−
20 Oktabr 27616 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan manzil koloniyada jazosini o‘tayotgan 31 yoshli mahkum qochib, 3-sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlagani haqidagi xabar tarqaldi.
Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 1994 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan M.T. sudning 2018 yildagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni esa umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan. U 2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tumani sudining ajrimi bilan manzil koloniyaga o‘tkazilgan.
Toshket viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganovning ma’lum qilishicha, mazkur shaxs joriy yilning 16 oktyabr kuni qochib ketgan va shu kuni Ohangaron tumanida voyaga yetmagan qizga, uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119 moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Shaxs shu kunning o‘zida huquqni muhofazasi qiluvchi organlar tomonidan protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan “qamoq“ ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 oktyabr kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 7 yashar qiz 38 yoshli qarindoshi tomonidan zo‘rlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr