Mahmud Murodov chempionlik kamari uchun jang qiladi

Sport

image

O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Murodov joriy yilning 21 mart kuni Polshaning Glivitse shahrida tashkil etiladigan Fame 30: Icons turnirida qatnashadi. Murodovga musobaqa doirasida polshalik Denis Labriga raqib bo‘ladi.

Ahamiyatlisi shundaki, ushbu jang og‘ir vazn toifasidagi Fame chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov joriy yilning 25 yanvar kuni Fame 29 turnirida bir yo‘la uch raqib – Marsin Sionis, Tomash Sarare va Izu Ugonoani mag‘lubiyatga uchratib, Gran-Pri g‘olibiga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Pol'sha Mahmud Murodov chempionlik kamari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing