Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish “omicron” kirishidan oldingi darajasiga qaytdi

Jamiyat

−

image

Kecha, 13 fevral kuni O‘zbekistonda 322 kishida koronavirus aniqlandi.  Mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 233761 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

•  13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
•  15 nafari Andijon viloyatida,
•  11 nafari Buxoro viloyatida,
•  6 nafari Jizzax viloyatida,
•  14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
•  8 nafari Navoiy viloyatida,
•  7 nafari Namangan viloyatida,
•  18 nafari Samarqand viloyatida,
•  6 nafari Sirdaryo viloyatida,
•  19 nafari Surxondaryo viloyatida,
•  13 nafari Farg‘ona viloyatida,
•  14 nafari Xorazm viloyatida,
•  56 nafari Toshkent viloyatida,
•  122 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasida 68 nafar,
•  Andijon viloyatida 20 nafar,
•  Buxoro viloyatida 15 nafar, 
•  Jizzax viloyatida 24 nafar,
•  Qashqadaryo viloyatida 23 nafar,
•  Navoiy viloyatida 13 nafar,
•  Namangan viloyatida 76 nafar,
•  Samarqand viloyatida 35 nafar,
•  Sirdaryo viloyatida 51 nafar,
•  Surxondaryo viloyatida 33 nafar,
•  Farg‘ona viloyatida 72 nafar,
•  Xorazm viloyatida 14 nafar,
•  Toshkent viloyatida 37 nafar,
•  Toshkent shahrida 542 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 218078 (+1023) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1604 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 61 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning "omicron" shtammi aniqlangandi. Shundan so‘ng mamlakatda kasallanish keskin ko‘paygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing