Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish “omicron” kirishidan oldingi darajasiga qaytdi
Jamiyat
−
14 fevral 2022
10501Kecha, 13 fevral kuni O‘zbekistonda 322 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 233761 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 15 nafari Andijon viloyatida,
• 11 nafari Buxoro viloyatida,
• 6 nafari Jizzax viloyatida,
• 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 8 nafari Navoiy viloyatida,
• 7 nafari Namangan viloyatida,
• 18 nafari Samarqand viloyatida,
• 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 13 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 14 nafari Xorazm viloyatida,
• 56 nafari Toshkent viloyatida,
• 122 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 68 nafar,
• Andijon viloyatida 20 nafar,
• Buxoro viloyatida 15 nafar,
• Jizzax viloyatida 24 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 23 nafar,
• Navoiy viloyatida 13 nafar,
• Namangan viloyatida 76 nafar,
• Samarqand viloyatida 35 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 51 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 33 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 72 nafar,
• Xorazm viloyatida 14 nafar,
• Toshkent viloyatida 37 nafar,
• Toshkent shahrida 542 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 218078 (+1023) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1604 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 61 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning "omicron" shtammi aniqlangandi. Shundan so‘ng mamlakatda kasallanish keskin ko‘paygandi.
LiveBarchasi