Koronavirusga qarşi vaksinalar trillionlab dollar foyda keltirdi
Salomatlik
−
16:00 626 2 daqiqa
Koronavirus vaksinalarini işlab çiqiş va yetkazib berişga sarflangan har bir dollar kampaniyaning birinçi yilida dunyoga 59,7 dollardan 809 dollargaça iqtisodiy foyda keltirdi. Bu haqdagi tadqiqot “Medical Xpress” tomonidan e’lon qilindi.
Qayd etilişiça, mualliflar aholi virusga qarşi deyarli immunitetga ega bölmagan 2020 yilning dekabridan 2021 yilning dekabrigaça bölgan davr mobaynida 173 ta mamlakat böyiça ma’lumotlarni tahlil qilgan.
Preparatlarni işlab çiqiş va butun dunyo böylab tarqatiş taxminan 79,4 milliard dollarga tuşgan, soğliqni saqlaş tizimi va jahon iqtisodiyoti uçun umumiy foyda esa 6,43 trilliondan 64,3 trillion dollargaça bölgan miqdorni taşkil etgan.
Tadqiqotçilar hisob-kitob qiliş uçun işlab çiqariş xarajatlarini saqlab qolingan hayotlar, oldi olingan gospitalizatsiyalar, fuqarolarning mehnat qobiliyati saqlanişi va soğliqni saqlaş tizimlarining tejamkorligi körsatkiçlari bilan soliştirgan. Oddiy dori-darmonlardan farqli ölaroq, pandemiya avj olgan bir paytda farmatsevtika kompaniyalari uçun moliyaviy xavf-xatarlarni kamaytiriş maqsadida koronavirusga qarşi vaksinalarni işlab çiqişni turli mamlakatlar hukumatlari faol moliyalaştirgan.
Mutaxassislarning baholaşiça, birinçi yildagi keng kölamli vaksinatsiya 14 milliondan 20 milliongaça ölim holatlarining oldini olişga yordam bergan. Şu bilan birga, iş mualliflari mamlakatlar örtasidagi kuçli tengsizlikka e’tibor qaratgan.
Yuqori daromadli davlatlar preparatlardan tezkor foydalaniş imkoniyati va xavf guruhidagi keksa aholini vaksinatsiya qiliş şarofati bilan maksimal iqtisodiy foyda olgan. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa keng kölamli ta’minotni faqat 2021 yilning oxiriga kelib, köplab aholi infeksiya bilan kasallanib bölganidan keyin olgan.
Olimlarning bildirişiça, vaksinatsiya dasturlarini tezkor işga tuşiriş kelajakdagi virus tahdidlaridan global iqtisodiyotni himoya qilişning işonçli usuli bölib xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan tuzilgan ekspertlar guruhi COVID-19 pandemiyasi qanday boşlanganini aniqlay olmagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi