Qrimda ko‘p qavatli uy portladi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 24 mart kuni Qrimning Sevastopol shahridagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa Pavel Korchagin ko‘chasidagi 14-uyda yuz bergan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2 kishi halok bo‘lgan, yana 8 kishi jarohat olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Voqea joyida 179 nafar xodim va 51 ta texnika ish olib borgan.

Hodisa tufayli 14- va 20-uy aholisi yaqinidagi maktab binosida tashkil qilingan vaqtinchalik joylashtirish punktiga evakuatsiya qilingan va keyinchalik yashash uchun tayyorlangan pansionatga ko‘chiriladi.

Jabrlanganlar uchun yordam yig‘ish aynan nimalar kerakligi aniqlashtirilgach, tashkil qilinadi. Rasmiylar firibgarlardan ogohlantirib, noma’lum shaxslarga pul o‘tkazmaslikni so‘ragan. 

Voqea joyida va vaqtinchalik joylashtirish punktida Favqulodda vaziyatlar vazirligi psixologlari ham faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulning markaziy Fotih tumanida ikkita turarjoy binosi qulab tushgani xabar qilingandi. Mazkur hodisada 1 kishi halok bo‘lib, jami 10 kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qrim Sevastopol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing