Qozog‘iston TIV rahbari lavozimidan bo‘shatildi
Olam
−
26 Sentabr 6111 2 daqiqa
Bugun, 26 sentyabr kuni Qozog‘iston davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev farmoni bilan Yermek Kosherbayev Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda mamlakat Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yermek Kosherbayev 1965 yil 2 may kuni Olmaotada tug‘ilgan. U Kirov nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagan. Shuningdek, 1993 yilda SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya akademiyasida “xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” bo‘yicha tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini 1988 yil yanvaridan may oyigacha Olmaotadagi 170-o‘rta maktabda tarix fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 1988–1991 yillarda Qozog‘iston SSR Tashqi ishlar vazirligida katta inspektor, ikkinchi kotib va birinchi kotib lavozimlarida ishlagan.
Sobiq vazir Murat Nurtleu esa Prezident farmoni bilan xalqaro investitsiya va savdo hamkorligi masalalari bo‘yicha Qozog‘iston Prezidenti yordamchisi lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 sentyabr kuni “Orda” axborot portali Qozog‘istonda Nurtleu, shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasining bir qator xodimlari va tadbirkor Gadji Gadjiyev hibsga olingani haqida xabar bergan edi. Bu ma’lumotni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasman rad etib, uni nashr tomonidan jurnalist etikasining buzilishi deb baholadi.
Milliy xavfsizlik qo‘mitasi o‘sha kuniyoq o‘z xodimlarining hibsga olingani haqidagi ma’lumotni rad etdi, rasmiylar yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik haqida ham ogohlantirdi. Olmaota prokuraturasi 6 sentyabr kuni OAV bosh muharririga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan tahdid qilib, yolg‘on ma’lumot tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirish berilishini ma’lum qildi.
Live
Barchasi