Qiziriq tumani sobiq hokimi 8 yilga “kesildi”
3-sahifa
−
27 dekabr 2023 12854 2 daqiqa
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanining sobiq hokimi Rustam Pardayev 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
Joriy yilning 7 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida Rustam Pardayev jinoyat ishini ko‘rib chiqqan.
Sud ishida Rustam Pardayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Rustam Pardayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 yil 6 oy muddatga davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirilishi, jazoni o‘tash muddati 2023 yil 5 iyul kunidan boshlab hisoblanishi belgilangan.
“Hozirgi kunda R.Pardayev va uning himoyachilari tomonidan birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyatsiya tartibida berilgan shikoyati Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rish uchun rasmiylashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rustam Pardayev Ubodullayevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi 2qismi “a” bandi, 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 28,209-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan edi.
Rustam Pardayev 1979 yil 7 aprel kuni Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2020 yil noyabr oyidan 2022 yil yanvar oyiga qadar Denov tumani hokimi lavozimida, 2022 yilning 1 fevral kunidan 2023 yilning yanvar oyida qadar Qiziriq tumani hokimi lavozimida, sudgacha “O‘zagrosug‘urta” AJ Surxondaryo viloyat filiali boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Live
Barchasi