Qashqadaryoda qum bo‘roni boshlandi (video)

Jamiyat

image
SSV chang bo‘roni vaqtida nima qilish kerakligini ma’lum qildi north_east

SSV chang bo‘roni vaqtida nima qilish kerakligini ma’lum qildi

Bugun, 21 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining ayrim hududlarida kuchli shamol bo‘lib, chang ko‘tarilishi holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, yo‘lni ko‘rish darajasi yomonlashgan. Shu sabab haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lib, tezlik me’yoriga rioya qilgan holda, oraliq masofani saqlab harakatlanishlari so‘ralmoqda. 

Avvalroq, bugun, 21 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida hamda respublikaning cho‘l hududlarida chang bo‘ron va g‘uborlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 30 barobar oshdi.

Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.

“O‘zgidromet”  kuzatuvlariga ko‘ra, so‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday changli g‘ubor hodisasi kuzatilmagan. Sinoptiklar 12 noyabrgacha mamlakatda yog‘ingarchilik kutilmayotganini, shu sababli havodagi chang yana bir muddat saqlanib qolishi mumkinligini ma’lum qildi.

Joriy yilning 8 noyabr holatiga esa Toshkentda kuzatilgan qum bo‘ronidan keyin shahar havosi asta-sekin tozalanayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

513

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing