Qashqadaryoda erkak itni Damas’ga bog‘lab, sudradi (video)
3-sahifa
−
14:00 2266 2 daqiqa
Kecha, 24 iyul kuni Qashqadaryo viloyatida erkak o‘lgan itni Damas’ga bog‘lab sudradi. Makzur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat taxminan 13:18 larda Qamashi tumani “Quyi yangi” MFYda yashovchi T.D. o‘ziga tegishli Damas rusumli 70 M 648 SB raqamli avtomashinasi bilan 4P70 “Qarshi-Shahrisabz” yo‘lining Qamashi tumani “Quyiyangi” MFYdan o‘tgan qismida, yo‘l bo‘yida o‘lib yotgan itni ko‘rib qolgan.
Fuqaro T.D. o‘lgan itni avtomashinani orqa qismiga bog‘lagan holda sudrab ketayotgan vaqtida “Qarshi-Shahrisabz” yo‘lidan Qarshi shahriga tomon harakatlanib ketayotgan Nexia-3 rusumli, 70 M 292 OA raqamli avtomobil egasi va uning ichidagi yo‘lovchilari T. D. ning harakatlaridan norozi bo‘lib, avtomobilni to‘xtatib gaplashgan va holatga oydinlik kiritgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan huquqbuzar T.D. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy to‘xtamga kelish uchun JIB Qamashi tuman sudiga yuborilgan. Holat yuzasidan qoshimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida mushuklarga nisbatan shafqatsiz xatti-harakatlar sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur hodisa jamoatchilik orasida keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Mushuklarni o‘ldirgan shaxslar aniqlanib, ular qamaldi.
Live
Barchasi