Qashqadaryoda ekskavator sabab 28 mingdan ortiq aholi gazsiz qoldi
Jamiyat
−
12 fevral
4576Qashqadaryo viloyatida noma’lum ekskavator tomonidan olib borilgan yer qazish ishlarini bajarish vaqtida gaz quvuriga shikast yetkazilgani sabab 28 mingdan oshiq aholi gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, viloyatdagi “Karaktay” gaz quvuri tarmog‘ining muhofaza maydonida noma’lum ekskavator tomonidan olib borilgan yer qazish ishlarini bajarish vaqtida gaz quvuriga shikast yetkazilgan. Nosozlikni bartaraf etish maqsadida bugun, 12 fevral kuni Karaktay gaz quvuri tarmog‘idan tabiiy gaz ta’minotini amalga oshiruvchi “Jalilbek” va “Karaktay” gaz taqsimlash stansiyalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyatining quyidagi hududlaridagi 28 229 ta aholi va 716 ta ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan:
- Qarshi shahri “Arabxona”, “Shayxali”, “Nasaf”, “Darvozatutak”, “Qarliqxona”, “Geolog”, “Otchopar”, “Zog‘za”, “Qo‘rg‘oncha”, “Navro‘z”, “Chaqar”, “Charmgar”, “Bog‘ishamol”, “Eskianhor”, “Roguzar”, “Samarqand”, “Yangi Chaman”, “Aral”, “Xudoyzod”, “Qarliqbag‘ot”, “Gulshan”, Alisher Navoiy, “Kunchiqar”, “Komilon”, “Beklar”, “Mahsumobod”, “Mahallot”, “Taraqqiyot”, “Mustaqillik”, “Ravoq” MFYlari va 1-2-m/t.
- Qarshi tumani “Bog‘obod”, “Yertepa”, “Ko‘chkak”, “Mustaqillik qo‘rg‘oni”, “Parg‘o‘za” MFYlari.
- Koson tumani “Ko‘lbuqa”, “Xo‘jaqo‘rg‘on”, “Nasaf” MFYlari.
“Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Nexia haydovchisi ustunga urilishi oqibatida 200 xonadon elektrsiz qolgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar
