Issiqlik qarishni tezlashtiradi – tadqiqot

Bu qiziq

image

Global isish jarayoni barchani tashvishga solmoqda. Olimlar haddan tashqari issiqlik biologik qarishga sabab bo‘lishini aniqladi. Bu haqda “Nature Climate Change” xabar beradi.

Yangi tadqiqotga ko‘ra, issiqlik to‘lqinlari inson tanasi uchun spirtli ichimliklarni qabul qilishdan ancha zararliroq va bu qisqa mudatda o‘lim sonining oshishiga ham olib keladi. Masalan, joriy yilda Angliyada birgina issiqlik to‘lqini paytida 600 ga yaqin erta o‘lim aniqlangan.

Tayvanda o‘tkazilgan tadqiqotda biologik yoshi o‘rtacha 46 da bo‘lgan 24 ming 922 nafar insonni 15 yillik samolatlik ma’lumotlari tekshirilgan. Ikki yil davomida atigi to‘rt kunlik issiqlik to‘lqinining ta’siri biologik yoshni to‘qqiz kunga uzaytirgan. Eng ko‘p ta’sir qo‘l mehnati bilan shug‘ullanadigan odamlarda, qishloq aholisi va sovitish uskunalaridan foydalanish cheklangan hududlarda kuzatiladi.

Ma’lumot uchun, issiqlik to‘lqini – yagona haroratga emas, balki mahalliy iqlim chegaralariga nisbatan aniqlangan va odatiy bo‘lmagan yuqori haroratning uzoq davri. Qisqa muddatda haddan tashqari issiqlik tananing sovitish tizimlariga nojo‘ya tasir qiladi. Terlash va tez qon aylanishi tanaga haroratni muntazam nazorat qilishga yordam beradi. Biroq ekstermal issiqlik yurak va buyrakni bosim bilan ishlashga majbur qiladi. 

Bundan tashqari, yuqori haroratning davomiyligi surunkali kasalliklar (yurak qon-tomir, buyrak kasalliklari, nafas yo‘llari xastaliklari)ga sabab bo‘ladi.

“World Weather Attribution” xalqaro tadqiqotchilarining fikricha, 2022 yilning yozida Yevropada issiqlik tufayli taxminan 63 ming o‘lim holati kuzatilgan.  

Xalqaro mehnat tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2,4 milliarddan ortiq odam kasbiy issiqlik stressidan aziyat chekadi. Bu har yili 19 mingga yaqin ish bilan bog‘liq o‘limga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik olim Jeyms Hansen va uning hamkasblari global isish tobora kuchayib borayotganini ma’lum qilgan edi. Uning o‘tkazgan tadqiqotlari so‘nggi 15 yilda global isish avvalgi 40 yilga nisbatan ikki baravar tezlashganini ko‘rsatmoqda.

Malikabonu Muhammedova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Angliya tadqiqot Global isish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing