Ikki viloyatda yer olib berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
27 may 2023
4670Samarqand va Andijon viloyatlarida yer maydonlari olib berishni va’da qilgan bir necha shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida joylashgan “U.S.” MCHJ savdo kompleksi nazoratchisi G‘.M. tadbirkor A.E.ning ishonchiga kirib, unga ushbu savdo kompleksi hududidagi 60 kv metr bo‘sh yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 40 ming AQSH dollariga sotishga kelishib olgan. Shundan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan departament hamda DXX xodimlari tomonidan ushlangan.
Shu kabi Andijon viloyatida ham fuqarolar M.A. va S.X. fuqaro I.D.ning ishonchiga kirib, unga Xo‘jaobod tumani hududidan 1 gektar yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 14 ming AQSH dollari hamda 91,6 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Farg‘ona viloyatida fermer xo‘jaligi rahbari 80 ming AQSH dollariga noqonuniy yer sotayotgan vaqtida qo‘lga olingandi. Shuningdek, Toshkent viloyatida 1 gektar yerni fermer xo‘jaligi rahbariga 33 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani hamda Qashqadaryo viloyatida ham 1,5 gektar yerni pullamoqchi bo‘lgan shaxs 2 ming AQSH dollari bo‘nak puli olayotgan vaqtda qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi