Qashqadaryolik “uddaburon” hokimlik yerini 100 mln so‘mga pullamoqchi bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 6 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 100 million so‘m talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Koson tumanida yashovchi Odilboy Naimov odamlar orasida o‘zini Javohir deb tanishtirib kelgan. U tumandoshi Imron Murodullayevning yer sotib olish niyatini bilib, unga Koson tumani hokimligi tomonidan 30 yil muddatga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ijaraga berilgan 6 gektar yer maydonini shaxsiylashtirib berishni taklif qilgan.

Naimov bu ishni tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi boshqarmasida ishlovchi qarindoshi orqali amalga oshirib berishini va’da qilgan va buning evaziga 100 million so‘m so‘ragan. Biroq yer maydonini rasmiylashtirishga oid biror hujjat taqdim etmagan.

Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Odilboy Naimov kimyoviy ishlov berilgan 100 million so‘mni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Naimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat kadastrlar palatasi filiali rahbari 600 AQSH dollar pora olganligi sababli unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing