Farg‘onada 80 ming dollarga noqonuniy yer sotilgani fosh bo‘ldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida fermer xo‘jaligi rahbari 80 ming AQSH dollariga noqonuniy yer sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buvayda tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Sh.S.” fermer xo‘jaligi rahbari F.M. bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish uchun ajratilgan sug‘oriladigan yer maydonining 0,75 gektarini fuqaro G.B.ga 80 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida 1 gektar yerni fermer xo‘jaligi rahbariga 33 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida ham 1,5 gektar yerni pullamoqchi bo‘lgan shaxs 2 ming AQSH dollari bo‘nak puli olayotgan vaqtda ushlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona fermer xo'jaligi noqonuniy er sotilishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made