ID-karta olishda pensionerlarga imtiyoz bormi?
Jamiyat
−
12 yanvar 2021 13979 1 daqiqa
Joriy yilning 4 yanvaridan O‘zbekistonda ID-kartalarni rasmiylashtirish boshlandi. Jarayon boshlanishi bilan aholida ko‘plab savollar ham yuzaga keldi. Bunga misol tariqasida ID-karta olishda pensionerlarga imtiyozlar bormi degan masalani ko‘rsatish mumkin.
ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va olish tartibiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida IIV mas’uli shu savolga javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ID-karta olishda pensionerlarga imtiyoz berilishi ko‘zda tutilmagan.
Ammo biometrik pasporti bor fuqarolar ID-karta olishi majburiy emas. Ular “yashil” pasportidan hujjatda ko‘rsatilgan muddat davomida foydalanishi mumkin.
Qayd etilishicha, harakatlanish imkoniyati cheklangan fuqarolarning uyiga borib, bepul xizmat ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr