Endi odamlar ismini kosmosga yuborishi mumkin

Olam

image

NASA butun dunyo aholisi uchun o‘z ismlarini Oyga yuborish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bu haqda “The News Times” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu jarayon yaqin orada Artemis II missiyasi orqali amalga oshiriladi. Ismlar Orion kosmik kemasiga joylashtiriladigan maxsus SD-kartaga yoziladi. Shu orqali odamlar missiyalarda jismoniy bo‘lmasa ham ismlari bilan qatnashishi mumkin. Bu tashabbus orqali NASA butun dunyo aholisini kosmik tadqiqotlarga qiziqtirmoqda.

Astronavtlar kosmik kemaning hayotiyligini, navigatsiya va aloqa tizimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida Oy atrofida 10 kunlik parvozda bo‘lib, Yerga qaytishi kutilmoqda.

Maxsus topshiriqni NASA astronavtlari Rid Uaysmen, Viktor Glover, Kristina Kuk hamda Jeremi Xansen amalga oshiradi.

Xo‘sh, qanday qilib ismni kosmosga yuborish mumkin?

NASA’ning “Ismingizni kosmosga yuboring” tashabbusi orqali har kim o‘z familiyasi, ismi va PIN-kodini NASA saytiga kiritishi mumkin. Jarayon tugagach, foydalanuvchilar o‘zlariga raqamli chipta yuklab oladi. Bu suvenir sifatida xizmat qiladi. Jarayon bir necha daqiqa vaqt oladi va mutlaqo bepul.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning InterstellOr xususiy kompaniyasi 2028 yilda sayyohlarni kosmos chegarasiga olib chiqish rejasini e’lon qilgandi. Chiptalar narxi asosan 3 million yuan (taxminan 430 ming AQSH dollari) etib belgilangan.

Sunnatova Farangiz


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NASA kosmos odamlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing