Dohadagi o‘zbekistonliklar turarjoy bilan ta’minlandi
Jamiyat
−
05 mart 1968 1 daqiqa
Kecha, 4 mart kuni Dohada qiyin ahvolga tushib qolgan 91 nafar o‘zbekistonlik vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Qatarda bo‘lib turgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga boshpana topishda ko‘maklashilgan. Xususan, Qatar turizm tashkiloti bilan kelishilgan holda 91 nafar o‘zbekistonlik turar-joylar bilan ta’minlangan.
Elchi Ashraf Xo‘jayev Doha portiga tashrif buyurib, “Celestine cruisess” kemasida bo‘lgan 71 nafar o‘zbekistonlik bilan uchrashgan. Suhbat davomida ularga yuzaga kelgan vaziyat haqida batafsil ma’lumot berilgan. Hozirda O‘zbekiston hukumati Qatarning tegishli idoralari bilan hamkorlikda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda ularni ortga qaytarish mexanizmlarini ishlab chiqayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, elchixona vakillari “Grand Regal”, “Hampton”, “Jouri Al Murwab” va “Retaj Al Rayyan” mehmonxonalariga tashrif buyugan. U yerda vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarlar ro‘yxati shakllantirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda Qatar havo hududi yopiqligicha qolmoqda. Mamlakatdagi xorijiy sayyohlar qo‘shimcha rasmiy ma’lumot berilishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Bosh konsulxonasi Dubay, Sharja va Abu-Dabi shaharlaridan ortga qayta olmayotgan o‘zbekistonliklarni mehmonxonaga joylashtirgandi.