Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Bo‘kada yuk mashinasi yo‘l chetida o‘tirgan shaxsni urib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yuk mashinasi yo‘l chetida o‘tirgan odamni urib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar berdi.  
Ma’lum bo‘lishicha, Bo‘kadagi yo‘lda noma’lum jasad yotganligi aniqlangan. Jasad 17 fevral kuni soat 23:00 larda Bo‘ka tumanidan o‘tgan A373 Guliston—Bo‘ka—Ohangaron yo‘lining 53-kilometrida topilgan. Tibbiy ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ushbu fuqaroning shaxsiga va o‘lim holatiga avtomashina urib ketishi sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan. Qochib ketgan haydovchini aniqlash yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan kunning ertasiga gumondor va mashina topilgan. Gumondor shaxs 1994 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, hodisani o‘ziga tegishli Isuzu mashinasida sodir qilgani aniqlangan. 

“Qorong‘ida 60 tezlikda ketayotgandim. Fuqaro chiziqdan sal beriroqda o‘tirib olgandi. Oldida narsalari sochilib yotgandi. 5 metr masofa qolgandi, aylanib o‘tdim, tegmadi deb o‘ylagandim. Qo‘rqib ketdim, baqirib yubordim. Tegmadi deb o‘ylab ketdim. Uyga borib, eslasam ko‘zimga yosh kelyapti”, deydi haydovchi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117- (xavf ostida qoldirish) va 266-moddalari (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda Gentra yo‘l chetida turgan 2 piyodani urib yuborgandi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bo'ka yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing