Britaniyada to‘rt kunlik ish haftasi joriy etilmoqda

Olam

image

Buyuk Britaniyada 200 ta kompaniya xodimlarining ish haqini kamaytirmasdan, barcha uchun to‘rt kunlik ish haftasini joriy etishga kelishib oldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu kompaniyalar jami 5000 dan ortiq xodimlarni ish bilan ta’minlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kunlik ish haftasi eng ko‘p xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya sohalarida ommalashgan.

To‘rt kunlik ish haftasini qo‘llab-quvvatlovchilar besh kunlik ish haftasi eski iqtisodiy davr qoldig‘i ekanini ta’kidlagan.

“9-5 soatlik besh kunlik ish haftasi 100 yil avval ixtiro qilingan va bugungi kunda bu tizim eskirgan. Uni yangilash vaqti yetdi”, degan “4 Day Week Foundation” tashkiloti kompaniyasi direktori Jo Rayl.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 50 foiz ko‘proq bo‘sh vaqt bilan, to‘rt kunlik ish haftasi odamlarga baxtliroq va mazmunliroq hayot kechirish imkonini beradi.

“Yuzlab Britaniya kompaniyalari va bir mahalliy kengash ko‘rsatib berganidek, ish haqini kamaytirmagan holda to‘rt kunlik ish haftasi ham xodimlar, ham ish beruvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin”, degan u.

Ma’lum qilinishicha, marketing, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar sohalaridagi 30 kompaniya bu siyosatni qabul qilgan. Keyingi o‘rinlarda 29 ta xayriya va ijtimoiy tashkilotlar, 24 ta texnologiya kompaniyalari, shuningdek, biznes va maslahat sohasidagi 22 kompaniya ham 4 kunlik ish haftasiga o‘tgan.

Hozirgacha jami 200 ta kompaniya ish vaqtini qisqartirishga o‘z sodiqligini bildirgan. Ularning fikricha, bunday tashabbus xodimlarni jalb qilish va ushlab qolishda yordam beradi hamda qisqartirilgan ish soatlarida ham xuddi shunday samaradorlikni ta’minlaydi. Ayniqsa, London shahridagi kompaniyalar bu tashabbusga eng faol qo‘shilgan bo‘lib, ularning 59 tasi to‘rt kunlik ish haftasini joriy etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya poytaxti Tokioda oilaga vaqt ajratish va tug‘ilish darajasini oshirish uchun to‘rt kunlik ish haftasi joriy etilishi haqida xabar berilgandi. Yangi tartib bo‘yicha xodimlar har haftada uch kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya kompaniya to'rt kunlik ish haftasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing