Britaniyada pedofillar to‘dasi boshlig‘i qamaldi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning Rochdeyl shahrida maktab o‘quvchilarini zo‘rlab, ularni fohishalikka majbur qilgan pedofillar to‘dasi yetakchisiga hukm chiqarildi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

65 yoshli uch farzandning otasi Muhammad Zohid ikki voyaga yetmagan bolaga nisbatan zo‘rlash va fohishalikka majburlash jinoyati uchun 35 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Zohid joriy yilning iyun oyida bolalarga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topilgan yetti nafar shaxsdan biri hisoblanadi. Ular 2001–2006 yillarda ko‘plab jinoyatlar sodir etgani aniqlangan.

Shaharda pedofillar to‘dasi fosh qilinishi katta shov-shuvga sabab bo‘lgan va migrantlarga qarshi ommaviy, ayrim hollarda zo‘ravon namoyishlarni keltirib chiqargan.

Ma’lum qilinishicha, to‘daning barcha a’zolari milliy ozchiliklardan chiqqan. Politsiya esa qizlar va ijtimoiy xizmat xodimlaridan shikoyatlar olganiga qaramay, ehtimol, irqchilikda ayblanishdan qo‘rqib, uzoq vaqt pedofillarga chora ko‘rmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish bo‘yicha eng yirik platforma – Kidflix yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya pedofil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing