Britaniya hukumati aholini urushga tayyor turishga chaqirdi

Olam

image
“Juda katta urush boshlanishi mumkin”. BMT insoniyatni ogohlantirdi north_east

“Juda katta urush boshlanishi mumkin”. BMT insoniyatni ogohlantirdi

Buyuk Britaniya hukumati ko‘p yillardan beri birinchi marta yirik qurolli nizo uchun mo‘ljallangan milliy harakatlar rejasini yangiladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Yangilangan hujjatga ko‘ra, mamlakat fuqarolariga shu kabi vaziyatda konservalar va ichimlik suvi zahirasini g‘amlash tavsiya etiladi. Hukumat amalda aholini ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirmoqda.

Ushbu tavsiyalarga Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari qo‘mondoni Richard Naytonning bayonoti alohida keskinlik bag‘ishlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan bo‘layotgan tahdid sababli mamlakat uning 35 yillik xizmati davomidagi eng xavfli vaziyatda turibdi.

Yirik nizo yuz uchun milliy harakatlar rejasining yangilanishi ko‘p yillar davomidagi birinchi shunday qadam bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyada Rossiyaning NATO davlatlaridan biriga hujum qilishi ehtimoliga qarshi shifoxonalar minglab yarador harbiylarni qabul qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing