BMT konferensiyasida 10 davlat Falastinni tan oladi

Olam

image

O‘n davlat vakillari 22 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotida o‘tkaziladigan konferensiya davomida Falastinni davlat sifatida rasman tan olishlarini e’lon qilmoqchi. Bu haqda Yelisey saroyida, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etishidan avval bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Falastinni rasman tan olmoqchi bo‘lganlar orasida Fransiya, Andorra, Avstraliya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Lyuksemburg, Malta, Portugaliya va San-Marino bor.

Fransiya yetakchisi ofisining bayonotida Isroilning G‘arbiy Sohilda Falastin hududlarini bosib olishga urinishlari qoralangan va bu holat “qizil chiziqlarni bosib o‘tish” deb baholangan.

Prezident Emmanuel Makron avvalroq ham 22 sentyabr kuni BMT doirasida Falastin davlatini tan olish bo‘yicha konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. U bu tashabbus Isroil hukumatining qarorlaridan yoki G‘azo sektoridagi jangovar harakatlardan qat’i nazar amalga oshirilishini bildirgan.

Bugungi kunga kelib, Falastin davlatini BMTga a’zo 148 ta davlat rasman tan olgan. 95 ta mamlakatda Falastinning elchixonalari va doimiy vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 1988 yilda sobiq Sovet Ittifoqi Falastin davlatini tan olgan bo‘lib, uning huquqiy vorisi sifatida Rossiya bu qarorni saqlab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Falastinni tan olishni sentyabr oyida Bosh assambleya yig‘ilishida e’lon qilishini bildirgandi.

Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham iyulda BMT Bosh assambleyasida Falastinni tan olishga tayyorligini bildirgan edi.

Bundan tashqari, BelgiyaPortugaliyaKanada va Malta kabi G‘arb davlatlari ham Falastinni tan olish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Ularning aksariyati buni yaqinda bo‘ladigan BMT Bosh assambleyasida amalga oshirmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Falastin Birlashgan Millatlar Tashkiloti G'arbiy Sohil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing