Birinchi marta ko‘rganimdayoq bo‘lajak Van Deyk ulg‘ayayotganini aytgandim – rossiyalik murabbiy
Sport
−
10 fevral 2025 12076 1 daqiqa
Rossiya Premer-ligasining vakili “Akron” klubi bosh murabbiyi Zaur Tedeyev o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirib, uni “Alaniya”ga taklif etmoqchi bo‘lganini aytdi.
“Anatoliy Yurevich “Energetik-BGU”da yaxshi markaziy himoyachi tayyorlagan, bu Abduqodir Husanov. Endi bu yigit “Manchester Siti”da. Aytgancha, men uni “Alaniya”ga olib kelmoqchi edim. Ilk marta men uni ancha avval ko‘rgandim va o‘shandayoq uni o‘z jamoamda ko‘rishni istaganman. O‘sha paytdayoq bo‘lajak Van Deyk ulg‘ayayotganini aytgandim. Hozir O‘zbekistonda yetishib chiqayotgan o‘yinchilar darajasini Rossiyada ham ko‘rishni istardim”, deydi “Akron” bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Energetik-BGU” murabbiyi Aleksey Merkulov Husanovning “shaharliklar” tarkibidagi debyut goli haqida gapirgandi.
Live
Barchasi