To‘p Abduqodirga tegmaganida darvozabon katta ehtimol bilan zarbani qaytargan bo‘lardi – Merkulov

Sport

image

“Energetik-BGU” sobiq bosh murabbiyi Aleksey Merkulov o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning Angliya kubogi 1/16 finalida “Leyton Oriyent”ga qarshi o‘yinda (2:1) “Manchester Siti” darvozasiga kiritgan birinchi goli haqida gapirdi.

“Futboldagi omadli tasodiflarni hech kim inkor etmaydi. O‘sha vaziyatda Husanovning rolini kam yoki ortiqcha baholamaslik kerak. Faqat shuni aytamanki, agar to‘p Abduqodirga tegmaganida darvozabon katta ehtimol bilan zarbani qaytargan bo‘lardi. Shunday qilib, rikoshet golga olib keldi. "Umid qilamanki, bu gol Husanovning jamoadagi barqaror o‘ringa chiqish yo‘lidagi ulushini oshiradi”, deydi Merkulov.

Ma’lumot uchun, 8 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Angliya kubogi 4-raundi doirasidagi “Leyton” jamoasiga qarshi bahsda “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi 2-taymda maydonga tushib, 56-daqiqada jamoadagi debyut golini kiritdi. Aniqrog‘i, 56-daqiqada Riko Lyuisning zarbasidan keyin to‘p Husanovning yelkasiga tegib, darvozaga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanovning “Leyton”ga qarshi o‘yini qanday baholangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov Aleksey Merkulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing