Asqar Akayev yurtiga qaytadimi? U Jeenbekov va boshqalar haqida gapirdi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezident Asqar Akayev o‘zining sobiq raqiblari Feliks Kulov, O‘murbek Tekebayev haqida fikr bildirdi va amaldagi Prezident Sooronbay Jeenbekovning faoliyatiga baho berdi. Bu haqda Kaktus media xabar bermoqda.

 Akayevga ko‘ra, amaldagi Prezident samarali ishlamoqda.

"Biz Sooronbay Jeenbekov barcha sa’y-harakatlarni mamlakat taraqqiyoti uchun yo‘naltirayotganini ko‘rmoqdamiz. U qiyinchiliklarga duch kelmoqda va ularni munosib qabul qilishi va boshqa muammolarning oldini olish kerak. Xalqimiz bu borada unga yordam berishi kerak" dedi Akayev.

Sobiq Prezident O‘murbek Tekebayevni eng tajribali deputat deb biladi.

"Agar uni eng tajribali deputat deb atasam, yanglishmayman. U Parlamentning ishida faol qatnashgan va qonunchilik jarayoniga katta hissa qo‘shgan. So‘nggi yillarda u siyosiy ta’qiblarga uchragan. Endi u va Sadir Japarov o‘zini oqlay oladi deb taxmin qilishimiz mumkin", dedi Akayev.

Sobiq Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Feliks Kulov bilan hech qanday aloqada emas, ammo uning Qirg‘izistonga qaytishi uchun ko‘rsatayogan yordami uchun minnatdor.

"Yaqinda men Akayevning mamlakatga qaytishi kerakligi haqida uning fikrini eshitdim. Buning uchun unga minnatdorchilik bildirmoqchiman", dedi sobiq Prezident.

Ta’kidlash kerakki, Asqar Akayev amaldagi Prezidentga nisbatan birinchi marta xushomad qilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Asqar Akaev Jeenbekov

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing