“Arqadag‘” Samarqandga keldi

Jamiyat

image

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni tashrif bilan Samarqandga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali ravishda ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish va madaniy tadbirlarda birgalikda ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

Muzokaralarda O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, 21 aprel kuni Gurbanguli Berdimuhamedov Qozog‘istonga borgandi. Turkiston aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kutib oldi. Ular birgalikda turkiy dunyoning eng buyuk ma’naviy, tarixiy va madaniy qadamjolaridan biri – UNESCO'ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildi. Kecha, 22 aprel kuni Qosim-Jomart To‘qayev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Gaz sohasida hamkorlikni kengaytirish, xususan, Qozog‘istonning xorijiy hamkorlar bilan birgalikda Galkinish konini o‘zlashtirish loyihasida ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng, Turkman xalqining milliy yetakchisi Qirg‘izistoning Cho‘lpon-Ota viloyatiga bordi. Uni aeroportda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov kutib oldi. Japarov Berdimuhamedovni qirg‘izcha mehmon qildi.

Bugun, 23 aprel Japarov Cho‘lpon-Ota shahrida Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi. Keyin esa yetakchilarga Issiqko‘l viloyatidagi Baktuu-Dolonotu qishlog‘idagi ippodromda qirg‘iz milliy ot sporti o‘yinlari – “Jorgo salish” va “Ko‘k boru” taqdim etildi. Madaniy dastur yakunida Prezident Sadir Japarov faxriy mehmonni Issiqko‘l xalqaro aeroportigacha kuzatib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand O'zbekiston Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing