APL jamoasi Vinisius bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorning “Real Madrid”dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Enso Mareska jamoasi agar Vinisius “Bernabeu”ni tark etishga qaror qilsa, uni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda “TEAMTALK” nashri xabar berdi.

“Real Madrid” hozircha Vinisius bilan yangi shartnoma imzolamagan. Uning amaldagi bitimi 2027 yilning yozida yakunlanadi, ammo klub uni tekinga yo‘qotmaslik uchun yozgi transfer oynasida sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Londonning “Chelsi” jamoasi egasi Todd Beli Vinisiusni qo‘lga kiritishni istamoqda, chunki bu klubga katta tijoriy foyda olib kelishi mumkin.

Oldinroq futbolchining qiymati 200 million funt sterling atrofida baholangan edi. Biroq agar “Real Madrid” yangi shartnoma taklif qilmasa, braziliyalik yulduzni ancha past narxda qo‘yib yuborish ehtimoli ortadi.

Vinisiusning “El-Klasiko”dagi so‘nggi chiqishi, “Barselona”ga qarshi o‘yinda u 72-daqiqada almashtirilganidan so‘ng: “Har doim men! Ketaman, ketganim ma’qul!”, degan so‘zlari hozirda diqqat markazida bo‘lib turibdi.

“Chelsi”dan tashqari, “Manchester Siti” va “Liverpul” ham futbolchiga qiziqmoqda. Shu bilan birga, Saudiya Arabistonining bir necha klublari ham Vinisiusni katta maosh evaziga jalb etishga urinmoqda, biroq futbolchining Yaqin Sharqqa o‘tish istagi yo‘q.

Agar Vinisius “Chelsi”ga o‘tsa, bu klubning chap qanotida o‘ynayotgan Alexandro Garnacho va Jeymi Gittens uchun jiddiy raqobat tug‘diradi. Har ikkisi ham yosh va istiqbolli o‘yinchilar bo‘lsa-da, braziliyalik yulduzning tajribasi va darajasi ularni ortda qoldiradi.

Vinisiusning “Real Madrid”dagi kelajagi hali aniq emas. Klub yangi shartnoma masalasini cho‘zsa, braziliyalik futbolchi 2025 yilgi yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Vinisius Junior “Chelsi” Entso Mareska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing