Andijondagi sport maktabida yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
07 Sentabr 2024 5975 1 daqiqa
Andijon viloyatidagi Shahrixon tumanidagi sport maktabida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 7 sentyabr kuni soat 09:40 da Shahrixon tumani, “Buvaydo” MFY, Chinobod ko‘chasida joylashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining hozirda foydalanmay kelinayotgan yordamchi binosida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Soat 09:44 da aytilgan manzilga yong‘in qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 09:46 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan. Hodisa oqibatida asosiy o‘quv binosidan alohida bo‘lgan yordamchi binoning jihozlari qisman yonib zararlangan. Ushbu bino foydalanishda bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong‘in sodir bo‘lish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 30 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida elektr choynak ishlab chiqarish sexining omborida yong‘in chiqqandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr