AQŞda demokrat öz partiyadoşi örniga respublikaçini qöllab-quvvatladi
Olam
−
12:36 461 2 daqiqa
AQŞda oraliq saylovlar arafasida Demokratik partiya içida jiddiy kelişmovçilik yuzaga keldi. Miçigan ştati vakili, demokratik siyosatçi Xeyli Stivens Senat saylovida öz partiyadoşini emas, balki Respublikaçilar partiyasi nomzodi Mayk Rojersni qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi. Bu haqda “Bild” naşri xabar berdi.
Stivens Demokratik partiyadan Senatga nomzod Abdul al-Sayidni qöllab-quvvatlaşdan boş tortgan. Uning örniga respublikaçilar nomzodi Mayk Rojers tarafini olgan. Rojers avval FQB agenti bölib işlagan, AQŞ Vakillar palatasida 14 yil faoliyat yuritgan va u yerda razvedka qömitasiga rahbarlik qilgan.
Stivensning bunday qarorga kelişida uning Abdul al-Sayid bilan avvaldan siyosiy raqobatda bölgani ham sabab bölişi mumkin. Uning özi ham Demokratik partiyadan Senatga nomzod böliş uçun kuraşgan, biroq yozda partiya içidagi saylovlarda ozgina farq bilan mağlub bölgan. Şundan söng Stivens oçiqçasiga Abdul al-Sayidga qarşi çiqişni boşlagan.
U partiyadoşini saylovoldi kampaniyasida “nafrat qözğatiş”da ayblagan. Stivens ijtimoiy tarmoqdagi videomurojaatida: “Men AQŞ Senati saylovida Mayk Rojersni qöllab-quvvatlayman”, deb aytgan.
Kelişmovçilikning mafkuraviy sabablari ham bor. Stivens Demokratik partiyaning mö’tadil va Isroilni qöllab-quvvatlovçi qanotiga mansub. Abdul al-Sayid esa ança söl qaraşlarga ega bölib, AQŞning Isroilga harbiy yordam körsatişiga qarşi çiqadi.
Stivensning respublikaçilar nomzodini qöllab-quvvatlaşi partiya safida norozilikka sabab bölgan. Senatdagi demokratlar yetakçisi Çak Şumer uning bu qarorini “jirkanç xiyonat” deb atagan.
Mazkur kelişmovçilik saylov natijalariga ham ta’sir körsatişi mumkin. Agar Rojers demokratlar egallab turgan Senat örnini qölga kiritsa, Demokratik partiya köpçilikni ta’minlaş uçun boşqa ştatlarda ham qöşimça örinlarni qölga kiritişiga töğri keladi.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham Abdul al-Sayidni keskin tanqid qilib kelmoqda. U siyosatçini “jihodçi” deb atagan. Şu bilan birga, Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida Stivensning qarorini qöllab-quvvatlab, uni jasorat namunasi deb baholagan.
“Bunday jasoratga kongressvumen Xeyli Stivens yaqinda namoyiş etgan darajada ega bölgan insonlar juda kam”, deb yozgan Tramp.
Sörovnomalarda Abdul al-Sayid hanuz Rodjersdan oldinda bormoqda. Uning ustunligi taxminan 5 foizni taşkil etmoqda. Biroq Rojers
Live
Barchasi