AQSH-Rossiya muzokaralarining keyingi bosqichi Moskvada bo‘ladi

Olam

image

Rossiya va AQSH o‘rtasidagi uchinchi bosqich muzokaralari yaqin kunlarda Moskvada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiyaning AQSHdagi yangi elchisi Aleksandr Darchiyev TASS nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Nashr jurnalisti diplomatdan AQSH ma’muriyati Moskva bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha bergan va’dalarini amaliy harakatlar bilan mustahkamlayotgani, navbatdagi maslahatlashuvlar qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi haqida so‘ragan.

Darchiyevning ta’kidlashicha, munosabatlarni “sog‘lomlashtirish” jarayoni oldinga siljimoqda, biroq bu harakat hali ortga qaytishi ham mumkin. Uning fikricha, bu jarayon nafaqat Oq uy muxoliflari, balki Kongressdagi ba’zi bir odamlar tomonidan ham qiyinlashtirilmoqda.

“Tasdiqlayman, delegatsiyalar o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar yaqin kunlarda Moskvada bo‘lib o‘tadi”, deya qo‘shimcha qilgan Darchiyev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-AQSH munosabatlarini to‘liq normallashtirishgacha hali ancha yo‘l bor, ammo bu yo‘ldagi harakat davom etmoqda. 

Donald Tramp ma’muriyati hokimiyatga kelgach, AQSH Moskva bilan aloqalarni tiklashga kirishgan edi. Ikki tomon vakillari telefon orqali muloqot qildi, muzokarachilar Rossiya va AQSHga safar qildi, shuningdek, uchinchi davlatlarda ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda – masalan, Saudiya Arabistonida.

18 fevral kuni Ar-Riyodda ikki tomon delegatsiyalari uch yil ichida ilk bor to‘laqonli muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralarda Ukraina mojarosini tartibga solish va Moskva-Vashington munosabatlarini tiklash masalalari muhokama qilindi. 27 fevral kuni Istanbulda elchixonalar faoliyatini normallashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

Darchiyev bu uchrashuvda Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan, o‘sha paytda u hali elchi lavozimiga nomzod bo‘lgan.

Shundan so‘ng 24 mart kuni Ar-Riyodda ekspert guruhlari “Qora dengiz tashabbusi”ni amalga oshirish va Ukrainadagi energetika infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha ob’ektlar ro‘yxatini kelishib oldi.

Yuqori martabali shaxslarga ko‘ra, keyingi bosqichlarda Moskva AQSHdan ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklash bo‘yicha aniq javob olishga umid qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing