AQŞ Eronga qarşi yangi hujumga tayyorlanyapti: mintaqada yirik flot töplandi
Olam
−
11:50 605 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Yaqin Şarqda Eronga qarşi bir neça kun içida zarba berişi mumkin bölgan yirik harbiy kuçlarni jamlamoqda. U Eronning yadroviy dasturi yöq qilinganini aytgan bölsa-da, yana bir yoki ikkita ob’ektni nişonga oliş zarurligini bildirgan. Trampning aytişiça, bunday operatsiya atigi 10 daqiqa vaqt olişi mumkin. Bu haqda u Florida ştatidagi Mar-a-Lago qarorgohida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
AQŞ Prezidenti ehtimoliy nişonlar qatorida Erondagi Kolang toğini ham tilga olgan. “Kirka toği” (Pickaxe Mountain) nomi bilan ham tanilgan uşbu hudud ostida yadroviy majmua joylaşgan bölişi mumkin. Tramp bu ob’ektga ham e’tibor qaratiş kerakligini aytgan.
Toğ Isfahon viloyatida, Tehrondan taxminan 200 kilometr janubda, Natanz yadroviy ob’ekti yaqinida joylaşgan. Eron hukumati bu yerda yadroviy dastur doirasida işlar olib borilayotganini inkor etadi.
Trampning aytişiça, AQŞ hozirça şoşilmayapti, çunki uruşni töxtatiş böyiça muzokaralar “yaxşi” davom etmoqda. Biroq u Eron tomoniga işoniş qiyinligini ham ta’kidlagan. Davlat kotibi Marko Rubio esa Prezident hali yangi zarbalar beriş böyiça qaror qabul qilmaganini va Vaşington diplomatik yeçimga oçiq ekanini bildirgan.
Şu bilan birga, AQŞ harbiy kuçlarini jangovar şaylik holatiga keltirmoqda. Tramp Arabiston dengizida uçta aviataşuvçi, 17 ta harbiy kema va 20 mingdan ortiq harbiy xizmatçidan iborat yirik flotni töplamoqda. Prezident buyruq berganidan keyin qöşinlar 96 soat içida zarba berişga tayyor. 3 noyabr kuni bölib ötadigan oraliq saylovlardan keyin Tramp istalgan vaqtda hujum boşlaşga buyruq berişi mumkin.
Tehron esa Vaşingtonning tahdidlariga keskin javob qaytardi. 31 oktyabr kuni Eron oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy mamlakat oliy harbiy qömondonligi bilan uçraşuvda har qanday tahdidga zudlik bilan, samarali va geografik çegaralar bilan çeklanmagan holda javob qaytarilişi kerakligini aytgan edi.
Eron armiyasi vakili Muhammad Akraminya ham davlat telekanali orqali ehtimoliy yangi uruş avvalgi töqnaşuvdan uzoqroq davom etişi mumkinligini bildirgan. Uning ta’kidlaşiça, Tramp uruşning yakunlaniş muddati yoki şartlarini belgilaş imkoniga ega emas.
Live
Barchasi01 Noyabr