AQSH Afg‘onistonga mo‘ljallangan vertolyotlarni Ukrainaga beradi 

Olam

image

AQSH Ukrainaga Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-17 vertolyotlarini beradi. Ular Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelguniga qadar afg‘on armiyasiga topshirish uchun mo‘ljallangan edi. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi. 

“Biz yaqinda Kongressni Mi-17 vertolyotlarini joylashtirish niyatimiz haqida xabardor qildik. Shuning uchun men Prezident kutmoqda, deb aytmagan bo‘lardim. Bu yo‘nalishdagi harakatlar yaqqol ko‘rinib turibdi”, degan u Oq uyda jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda. 

Ta’kidlanishicha, AQSH ma’muriyati Ukrainaga Rossiyada ishlab chiqarilgan beshta Mi-17 vertolyotini berish niyati haqida Kongressni avvalroq xabardor qilgan. 

Avvalroq, AQSH Ukrainadagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilishi haqida xabar berilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Rossiyaning Ukrainaga  “bosqini” joriy yil yanvar-fevral oylarining o‘rtalarida boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bunga javoban Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uyning Ukrainaga bosqin uyushtirish vaqti haqidagi bayonotini soxta va axborot bosimi deya atagan.

“Conflict Intelligence Team” (CIT) esa Rossiya “Iskandar” raketalar majmuasini va yana boshqa og‘ir texnikalarni g‘arbiy chegaralari tomon tashiyotganini  ma’lum qildi. Unga ko‘ra, raketalar kompleksi va zirhli artilleriya ortilgan poyezdlar mamlakat Sharqiy harbiy okrugidan g‘arbga tomon harakatlangan.

Shu o‘rinda, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili ham Britaniya Ukrainaga qurol yuborayotganini, allaqachon oltita reys kelganini aytdi.

Bundan tashqari, Kanada ham maxsus topshiriqlar bo‘linmasining kichik kontingentini NATO harbiy alyansi va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda Ukrainaga joylashtirdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlarining maxsus operatsiyalar uchun tashkil etilgan elita harbiy bo‘linmasining 30 nafar jangchisini Ukrainaga yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing