Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
18 mart
3622Prezidentning tegishli qarori bilan Nurali Yusufaliyevich Abdullayev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Nurali Abdullayev 2020 yilda Namangan viloyatidagi “Kafolat invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatining rahbari sifatida Prezident farmoniga muvofiq “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, 3 mart kuni tadbirkor Zafar Hoshimov “Savdo va servis” uyushmasi raisi lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi