Agar Tehron hujum qilsa, Isroil Eronga zarba berishi aytildi

Olam

image

Eron tomoni hujum qilsa, Isroil Eronga zarba beradi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats X ijtimoiy tarmog‘ida Eron diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning akkauntini belgilagan holda ibroniy va fors tillarida post qoldirdi.

"Agar Eron bizga o‘z hududidan hujum qilsa, biz javob beramiz va Eronga hujum qilamiz", deb yozgan u.

Ma’lumot uchun, 1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havodan hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilob qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi, jumladan 2 general halok bo‘ldi. Eron hujum uchun zudlik bilan javob qaytarishini aytdi va voqeada AQSHni aybladi. 4 aprel kuni Eron ma’naviy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘zining X sahifasida Isroilni konsullik bo‘limiga havo hujumi uyushtirgani uchun tavba qilishga majbur qilishini ibroniy tilida yozdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Isroilning Eron konsulligi binosiga uyushtirgan havo hujumini keskin qoralagandi. BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida esa BMT va ba’zi a’zo davlatlar hujumni qoralagan bir paytda, AQSH Eronni Isroil va Amerika nishonlariga hujum qilishda aybladi. AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi Eron 48 soat ichida Isroilga  kuchli zarba berishini taxmin qildi. Isroil hukumati esa Eron tahdidi tufayli dunyo bo‘ylab 28 ta diplomatik vakolatxonasining faoliyatini to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Israel' Kats

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing