Abdulaziz Komilov Afg‘onistonga boradi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ertaga, 23 fevral kuni amaliy tashrif bilan Afg‘onistonga boradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Mintaqalararo savdo aylanmasini ko‘paytirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan qo‘shma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov o‘tgan haftada Turkmaniston, Qozog‘iston va Tojikistonda bo‘lib, ushbu davlatlar Prezidentlari bilan uchrashdi. U qo‘shni davlatlar rahbarlariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing