14 bolani olib ketayotgan bog‘cha mudirasi avtohalokatga uchradi. Qurbon bor
3-sahifa
−
06 may 10186 1 daqiqa
Kecha, 5 may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida 14 nafar bolani olib ketayotgan Matiz avtohalokatga uchradi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Yo‘l harakati xavfsizlini boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, holat soat 09:05 larda tumanning “Yangihayot” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Oilaviy bog‘chaning mudirasi 34 yoshli haydovchi G.Q. tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi G.Q. ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Avtomobilda bo‘lgan 14 nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinada mudiraning turmush o‘rtog‘i va bolalari, jumladan, 3 oylik chaqalog‘i ham bo‘lgan. Shuningdek, ularning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan holda yillar davomida mashina boshqarib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida Yangi yil tadbiriga ketayotgan bog‘cha mudiralari “Konimex–Zarafshon” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida yo‘l transport hodisasiga uchragandi. Oqibatda 79 yoshli bog‘cha mudirasi vafot etgan.
Live
Barchasi