Husanovning sobiq jamoasi Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Sport
−
09:48 414 1 daqiqa
Kecha, 16 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Abduqodir Husanovning sobiq jamoasi “Lans” Fransiya Superkubogi finalida “Pari Sen-Jermen”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv Lans shahridagi “Stad Bollar-Delelis” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni Jeremi Pinyar boshqarib bordi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Florian Toven tomonidan kiritilgan gol uchrashuvdagi yagona gol bo‘ldi va Abduqodir Husanovning sobiq jamoasiga mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritish imkonini berdi.
“Lans” 2026 yilga qadar Fransiya Superkubogida faqat bir marta ishtirok etgan edi. 1998 yilda jamoa finalda “Pari Sen-Jermen”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Shu tariqa, “Lans” o‘z tarixidagi sovrinlar kolleksiyasini yana bir kubok bilan boyitdi. Klub avval bir martadan Fransiya chempionati va Fransiya kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, “Lans” ikki marta Fransiya Liga kubogini qo‘lga kiritgan.
Xalqaro maydonda esa “qizil-oltinlar” ikki marta Intertoto kubogi sohibi bo‘lgan. Endi klub o‘z tarixida birinchi marta Fransiya Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, “Lans” yangi Liga 1 mavsumini joriy yilning 22 avgust kuni o‘z maydonida “Oser”ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
Live
Barchasi