Hindistonda qulagan samolyot ichidagi barcha halok bo‘ldi – OAV
Olam
−
12 iyun 2025 12674 1 daqiqa
Hindistonda sodir bo‘lgan samolyot halokatida bortdagi 242 odamning barchasi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “News18” xabar berdi.
“Taxminan, bortdagi barcha 242 kishi halok bo‘lgan. Samolyot Air India aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, aeroport yaqinida qulab tushgan”, deyiladi xabarda.
Hindiston samolyotining qulashi
Bugun, 12 iyun kuni Air India aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner samolyoti Ahmadoboddan London yo‘nalishida parvoz qilayotib, havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulab tushdi.
Air India kompaniyasiga ko‘ra, samolyot bortida jami 242 kishi bo‘lgan. Ulardan 169 nafari Hindiston fuqarosi, 53 nafari Buyuk Britaniya fuqarosi, 1 nafari Kanada fuqarosi va 7 nafari Portugaliya fuqarosi bo‘lgan.
Mahalliy politsiya xodimining aytishicha, samolyot Ahmadobod aeroporti yaqinidagi shifokor talabalar uchun mo‘ljallangan yotoqxonaga qulagan.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ichki ishlar vaziri Amit Shah va Fuqaro aviatsiyasi vaziri Ram Moxan Naidu bilan favqulodda muzokaralar o‘tkazgan. Bosh vazir ularga Ahmadobodga borib, jabrlanganlarga va ularning oilalariga zarur yordam ko‘rsatishni topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘llagandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025