Hindiston va Pokiston chegarasida otishma bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 25 aprelga o‘tar kechasi Hindiston va Pokiston harbiylari Jammu va Kashmirda joylashgan nazorat chizig‘i bo‘ylab bir-biriga qarata o‘t ochdi. Mazkur chiziq 1949 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, ikki davlat armiyalari o‘rtasidagi chegarani belgilaydi. Bu haqda “Hindustan Times” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, voqea bugun, 25 aprel kuniga rejalashtirilgan Hindiston armiyasi bosh qo‘mondoni, general Upendra Dvivedining Shrinagar va Udxampurga tashrifidan bir necha soat avval yuz bergan.

“Nazorat chizig‘ining ayrim nuqtalarida Pokiston tomonidan boshlangan otishma holatlari yuz berdi. Bunga samarali tarzda javob qaytarildi”, deydi nashr manbasi.

Hozircha har ikki tomon yo‘qotishlar haqida rasmiy ma’lumot bermagan. Halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar bor-yo‘qligi noma’lum. Shunga qaramay, Dehli va Islomobod bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda ayblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasidagi mojaro Kashmirdagi qurolli hujumdan keyin keskinlashdi. Bu hujum oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi. Hindiston hukumati bu voqeani terrorchilik harakati deb atadi va aybni hind boshqaruviga qarshi kurashayotgan jangarilarga yukladi. Hujum uchun mas’uliyatni “Lashkar-i-Tayba” terrorchi guruhiga aloqador “Front of Resistance” nomli guruh o‘z zimmasiga oldi. Portlashda 26 nafar hindistonlik va 1 nafar Nepal fuqarosi halok bo‘lgan. Buning ortidan Hindiston va Pokiston bir-biriga nisbatan keskin choralar qo‘lladi. Xususan, ikki davlat o‘rtasidagi chegara yopildi, Pokiston Hindiston uchun havo hududini yopib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Pokiston otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing