“Hammasi nolga teng”. Alisher Qodirov yana O‘zbekiston MTJni tanqid qildi
Sport
−
29 iyun 88637 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki, murabbiy ishi, jamoa ruhi, milliardlarga olib kelingan murabbiyning ishi nolga teng, deya baholandi. Bunday fikrni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
Qodirov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng yana futbolchilar, murabbiylar va tizimni keskin tanqid qilgan.
“0 – murabbiy ishi, darvozabon, jamoa ruhi, jamg‘arilgan ochko, milliardlab xarajatga sotib olingan qiymat va kelajakka umid… ”, deya yozadi Qodirov.
Shuningdek, deputat butun boshli tizimni va xalqni yapon xalqi bilan solishtirib, 100 yilda ham ularga yetib bo‘lmasligini qayd etgan.
“Biz 1-sinfida hijjalab harf terayotgan maktabni 8-sinfida o‘qiyotgan yaponlardek o‘ylamasak bu maktabni 100 yilda ham bitirolmaymiz…”, deydi Alisher Qodirov.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati “K” guruhida Kolumbiyaga, (3:1) Portugaliyaga (5:0) va Kongo Demokratik Respublikasiga (3:1) mag‘lub bo‘lib, mundialni 0 ochko bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirov terma jamoadagi “xizmat ko‘rsatgan” futbolchilar bilan xayrlashib, shu Jahon chempionatining o‘zidayoq keyingi saralash davrida foyda beradigan futbolchilarga imkoniyat berish kerakligini aytib chiqqandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust