HAMAS kelishuvning birinchi bosqichini yakunladi

Olam

image
HAMAS yana 3 isroillikni ozod qildi north_east

HAMAS yana 3 isroillikni ozod qildi

Bugun, 22 fevral kuni Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslarni almashish kelishuvi doirasida topshirishi kerak bo‘lgan 6 nafar isroillikning eng oxirgisini ham Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirdi. Bu haqda Isroil Mudofaa kuchlari xabar berdi. 

Shunday qilib, HAMAS harakati 22 fevral kuni 6 nafar isroillik garovga olinganni ozod qilishi kerak edi. Guruh kelishuv doirasida Rafahda ikki va Nuseyrat qochqinlar lagerida uch kishini ozod qilgandi. Eng so‘ngida esa Hishom al-Sayyid  Nuseyrat lageridan ozod etildi. Uning ozod etilishiga hech qanday tayyorgarlik ko‘rilmagan.

Ma’lum qilinishicha, bugun ozod etilganlar 19 yanvardan kuchga kirgan sulh bitimining birinchi bosqichida HAMAS ozod qilishga va’da bergan 33 kishidan so‘nggi tirik garovga olinganlar sanaladi. Guruh asirligida hamon 60 ga yaqin odam bor. HAMAS bitimning ikkinchi bosqichida qolgan garovga olinganlarni ozod qilishga va’da bergan. Qolaversa, Isroil ham 602 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Falastinning HAMAS harakati isroillik garovga olingan Shiri Bibasning jasadini Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin G'azo Xalqaro Qizil Xoch

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing