HAMAS 2 isroillikni Qizil Xochga topshirdi

Olam

image

HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslarni almashish kelishuvi doirasida olti isroillik mahbusdan ikki nafarini Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga (XQXK) topshirdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Olti nafar isroillik mahbuslar almashinuvining yettinchi bosqichida XQXK xodimlariga topshirilishi kutilmoqda: Eliya Koen, Omer Shem-Tov, Omer Venkert, Tal Shoham, Avera Mengistu va Xisham al-Said.

Ikki isroillik mahbus Tal Shoham va Avera Mengistu G‘azo sektoridagi Rafah shahridan Qizil Xoch xodimlariga topshirildi.

Tal Shoham Isroil fuqaroligidan tashqari Avstriya va Italiya fuqaroligiga ham ega ekani, asli efiopiyalik isroillik Avera Mengistu esa 10 yildan beri G‘azo sektorida saqlanayotgani xabar qilingan.

Bundan tashqari, Nuseyrat mintaqasida Omer Shem-Tov, Eliya Koen, Omer Venkert va Hisham al-Saidni Qizil Xoch xodimlariga topshirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

HAMAS va Isroil o‘rtasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslar almashinuvi kelishuvi 19 yanvar kuni kuchga kirdi.

Mahbuslar almashinuvining dastlabki olti bosqichida Isroil qamoqxonalaridan 1135 nafar falastinlik mahbus, shuningdek, 19 nafar isroillik mahbus va besh nafar Tailand fuqarosi ozod etildi. Bundan tashqari, shu haftada to‘rt nafar isroillik mahbusning jasadi topshirildi.

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi uch bosqichni o‘z ichiga oladi. Dastlabki 42 kunlik bosqichda jami 1900 ga yaqin falastinlik va 33 nafar isroillik asirning ozod etilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo HAMAS Qizil Xoch Tal' Shoham

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing