Markaziy Osiyo yetakchilari Toshkentda yig‘iladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mezbonlik qiladigan Toshkent sammitida mintaqa davlatlari yetakchilari – Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashishi kutilmoqda. Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham Toshkent sammitiga taklif qilingan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan konstruktiv g‘oya va tashabbuslarni ilgari surdi. Bu tashabbuslar o‘sha yil noyabrda Samarqandda o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yaxlit dastur tarzida taqdim etildi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi shu tarzda tashkil topdi. 2018 yil 15 mart kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

2019 yil 29 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

2021 yil 6 avgustda Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. To‘rtinchi Maslahat uchrashuvi 2022 yil 21 iyulda Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘ldi. 5-Maslahat uchrashuvi 2023 yil 14 sentyabrda Tojikistonning Dushanbe shahrida, 6-oltinchi Maslahat uchrashuvi esa 2024 yil 9 avgustda Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida bo‘lajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 13 noyabr kuni “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqola e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo Maslahat uchrashuvi Toshkent sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing