Qamchibek Tashiyev 10 bolali oilaga uy berdi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev o‘n farzandli oilaga uch xonali uy kalitini topshirdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Avvalroq oilaning onasi Aksana Toshmatova unga yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Uning tushuntirishicha, turmush o‘rtog‘i faqat oziq-ovqat sotib olishga yetarli pul topgan, oila esa ko‘p yillar davomida ijarada yashashga majbur bo‘lgan.

Qamchibek Tashiyev iltimosni qondirib, bolalarga qimmatbaho sovg‘alar bilan birga yangi uy kalitlarini topshirdi. Oilaga mustahkam sog‘lik, yorug‘ kelajak tiladi.

Bolalar generalga ularning taqdiriga bee’tibor bo‘lmagani va ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev oilaviy zavodini sotib, tug‘ruqxona qurgandi. U mamlakatdagi ayollarni ko‘proq farzandni dunyoga keltirishga chaqirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Qamchibek Tashiev Aksana Toshmatova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing