Yaponiya Qirg‘izistonda ko‘prik quradi

Olam

image

Yaponiya Bosh vazir Sanae Takaichi Qirg‘iziston bilan “Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi”ga ulangan xalqaro magistral yo‘lda Norin daryosi ustidagi ko‘prikni rekonstruksiya qilish va qurish, tibbiy uskunalarni yaxshilash va “Bir qishloq — bir mahsulot” (OVOP) harakati kabi hamkorlik loyihalaridagi ilgarilashni yuqori baholadi. Bu haqda u bugun, 20 dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralar davomida so‘z ochdi.

Uchrashuvda siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, o‘zaro savdo va investitsiyalarni oshirish, barqaror va “yashil” energetika yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek sport va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Sadir Japarov “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Dialogi sammitiga taklif etilgani va ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Davlat rahbari 2023 yilda Yaponiyaga amalga oshirgan ilk rasmiy tashrifini iliq xotiralar bilan eslab, o‘sha safar chog‘ida tomonlar yangi davrda har tomonlama sheriklik boshlanganini birgalikda e’lon qilganini qayd etdi.

Yaponiya Bosh vaziri tabiiy xavf-xatarlar bo‘yicha erta ogohlantirish tizimlari yo‘nalishida ham hamkorlik qilish imkoniyatlarini tilga oldi. Uchrashuv chog‘ida Prezident Sadir Japarov Yaponiya Bosh vazirini Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Ikki tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi o‘rtasidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qirg‘iz Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot;
  • Qirg‘iz Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida daromad solig‘i bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish hamda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va qochishning oldini olish to‘g‘risidagi Bitim;
  • Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Yaponiya Hukumati o‘rtasida notalar almashinuvi yo‘li bilan tuzilgan “Qirg‘iz Respublikasida elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv markazi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi to‘g‘risidagi Bitim hamda ushbu loyiha bo‘yicha JICA bilan grant kelishuvi;
  • “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi (Qirg‘iz-yapon inson resurslarini rivojlantirish markazi uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilmiy uskunalar xarid qilish)” loyihasi bo‘yicha Bitim va JICA bilan grant kelishuvi;
  • “Qirg‘iz Respublikasining janubiy mintaqasidagi referal shifoxonalarda tibbiy uskunalarni yaxshilash” loyihasi bo‘yicha Bitim va JICA bilan grant kelishuvi;
  • “Bishkek–Osh avtomobil yo‘lida Norin daryosi ustidagi ko‘prikni rekonstruksiya qilish (qurish)” loyihasi bo‘yicha Bitim va JICA bilan grant kelishuvi;
  • “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi (jihozlangan ikki ta sayyor tibbiy konteyner/diagnostika kabinetini taqdim etish)” loyihasi bo‘yicha Bitim va JICA bilan grant kelishuvi;
  • “Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha stipendiya dasturi (JDS dasturi)” loyihasi bo‘yicha Bitim va JICA bilan grant kelishuvi.

Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Yaponiya Sadir Japarov Sanae Takaichi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing