Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Latviya 2-Jahon urushi qurbonlariga urush e’lon qildi – Rossiya

Olam

image

Latviya hukumati joriy yilning 9 may kuni Rossiyada nishonlanadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi arafasida butun mamlakat bo‘ylab joylashgan urush yodgorliklarini ommaviy yo‘q qilish rejalarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati xabar berdi.

Razvedka xizmatiga ko‘ra, mamlakat askarlarining ommaviy qabrlari ustidagi yodgorliklarning uchdan bir qismidan “eng qisqa vaqt ichida” qutulishni rejalashtirgan.

“Vandalizm harakatiga “madaniyatli” ko‘rinish berish maqsadida, yodgorliklar ostida soxta arxeologik qazilmalar o‘tkazib, u yerda askarlar ommaviy qabrlari mavjudligini “qanday qilib bo‘lsa-da inkor etish” rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, rejani amalga oshirish Rigada joylashgan pravoslav Tornakalnlar va harbiy birodarlik qabristonlaridan boshlanadi. 

“Ko‘rinishidan, Latviya hukumatining g‘orga o‘xshash rusofobiyasi va ularning Rossiyadan qo‘rquvi ularni sog‘lom fikrga to‘g‘ri kelmaydigan qarorga – halok bo‘lgan askarlarga urush e’lon qilishga olib keldi. Biroq ularning o‘liklar jim bo‘lgani uchun hammasi jazosiz qoladi, degan hisob-kitoblari noto‘g‘ri”, deyiladi xabarda.

Latviya rasmiylari Rossiya Tashqi razvedka xizmatining bu da’vosiga hozircha izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva, Latviya va Estoniya Mudofaa vazirliklari Rossiya va Belarus bilan chegarani minalash masalasini ko‘targani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ikkinchi jahon urushi qurbonlar Latviya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing