O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollar beriladi
Jamiyat
−
19 fevral
13054O‘zbekistonda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 AQSH dollari miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, bir martalik pul mukofoti quyidagilarga belgilansin:
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 AQSH dollari miqdorida;
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 000 000 (yigirma besh million) so‘m miqdorida;
- 1941-1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 000 000 (uch million) so‘m miqdorida.
Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlashi belgilangan.
“Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov zimmasiga yuklansin”, deyiladi farmonda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilgandi.
LiveBarchasi