Boltiqbo‘yi davlatlari ham Rossiya bilan chegarani minalashtirmoqchi

Olam

image

Litva, Latviya va Estoniya Mudofaa vazirliklari Rossiya va Belarus bilan chegarani minalash masalasini ko‘tardi. Bu haqda Litva Mudofaa vazirligiga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu uch respublika Mudofaa vazirlari chegarani bir necha qatlamli istehkomlar bilan mustahkamlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Gap piyodalarga qarshi va tankka qarshi minalar haqida bormoqda.

Manbaga ko‘ra, Litva, Latviya va Estoniya Yevropa Ittifoqi bu maqsadlar uchun pul ajratishiga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 18 mart kuni ushbu Boltiqbo‘yi davlatlari piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqishlarini e’lon qildi. Ular bu qarorni Rossiya va Belarusdan kelayotgan harbiy tahdidlar bilan izohladi.

O‘z navbatida, Litva Prezidenti Gitanas Nauseda o‘z mamlakati Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq boshqa koalitsiya davlatlari ham shunday qaror qabul qilishi kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Polsha Mudofaa vaziri o‘rinbosari Pavel Beyda RMF FM radiosi efirida Rossiya va Belarus bilan chegaraga milliontagacha piyoda askarlarga qarshi minalar joylashtirish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Estoniya mina Litva Belarus' Latviya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing