Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Jizzaxda Nexia boshqaruvni yo‘qotib, Kia bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 28 yoshli Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Kia bilan to‘qnashdi. Kia haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 7 aprel kuni soat 15:30 lar atrofida Zarbdor tumani “Mirobod” MFY hududidan o‘tgan A-376 Qo‘qon-Jizzax avtomobil yo‘lining 128-kilometrida 1997 yilda tug‘ilgan  haydovchi Nexia-3 rusumli avtomashinasini Jizzax-Dashtobod yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1978 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Kia rusumli avtomashinaning yo‘liga chiqib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

Bildirilishicha, ushbu hodisa oqibatida Kia haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat bo‘yicha Zarbdor tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatidan Toshkent shahriga yo‘lga otlangan “All Comfort Buss” MCHJga tegishli bo‘lgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida avtobus haydovchisi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax Nexia-3 Kia Zarbdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing